«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford italiyan chempionatida oynaishi mumkin. Bunga La Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi «qizil iblislar» va «Roma» o'rtasida fransuz yarimhimoyachisi Manu Kone transferi bo'yicha kelishuvda kiritilishi mumkin. Reshfordning yuqori maoshiga esa muammo bo'lishi mumkin. Markus yiliga taxminan 11 million evro oladi.

2025/2026 yilgi mavsumda ingliz hujumchisi Kataloniyaning «Barselona»sida ijarada o'ynadi. Reshford 49 uchrashuvda 14 ta gol va 11 ta assist yozdirgan.