Madriddagi «Real» futbol klubi, agar joriy transfer oynasida ispaniyalik Rodri Ernandesni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lsa, asosiy yarim himoyachisi Orelyen Tchuamenidan voz kechishi mumkin. Bu haqda BBC jurnalistlari xabar bermoqda.
Fransiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqmoqda. Tchuamenining yuqori maoshi va uning potentsial transfer summasi o'zgarishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Orelyen o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 33 o'yin o'tkazib, bir gol urdi va sakkizta sariq kartochka oldi.
26 yoshli yarim himoyachi «qirol» klubida 2022 yilning yozidan beri faoliyat yuritmoqda. Uning shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi va transfer narxi 70 million evro deb baholanmoqda.




