O‘zbekiston terma jamoasining markaziy himoyachisi Abdukodir Xusanov «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzoladi. 22 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish haqida ma’lumot «shaharlar»ning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Xusanovning ingliz klubi bilan yangi mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Oldingi shartnoma esa ikki yil oldin tugashi kerak edi.
Himoyachi Angliya Premer Ligasida 2025 yil yanvaridan o‘ynayapti. «Manchester Siti» safida Xusanov barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Avvalroq o‘zbekistonlik futbolchi fransuzning «Lans» klubida o‘ynagan.
Angliya chempionatining yangi mavsumi 21-avgustda boshlanadi.




