«Manchester Siti»ning sobiq yarimhimoyachisi va hozirda Londonning «Fulhem» jamoasida o'ynayotgan Oskar Bobbning italiyaning Seriya A ligasida karerasini davom ettirish imkoniyati mavjud. Bu haqda Retesport jurnalistlari xabar bermoqda.
Xabarga ko'ra, 23 yoshli norvegiyalik yarimhimoyachini sotib olishda Rimning «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda. Rimliklar Bobbga qiziqish bildirishdi, chunki Krisensio Sammervil bilan tuzilgan shartnoma muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Niderland futbolchisi saudiyalik «Al-Hilal» klubiga o'tishni afzal ko'ydi.
Oskar «Fulhem»da joriy yilning yanvaridan beri o'ynamoqda. Uning London jamoasi bilan shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Bozor narxi 28 million evro deb baholanmoqda.
O'tgan mavsumda APLda skandinav futbolchisi «Fulhem» uchun 14 ta o'yin o'tkazdi.




