Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Manchester Yunayted» juma kuni «Rusenborg»ga qarshi do'stlik o'yinini o'tkazdi. Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

                Gollarni «qizil shaytonlar» safida Shi Leysi, Joshua Zirkzee, Jeykob Devani, Garri Amass va Itan Uilyams kiritdi.

Yangi mavsumdagi birinchi o'yinini «Manchester Yunayted» 22-avgustda – «Xall Siti»ga qarshi safarda o'tkazadi.

Esimizda bo'lsin, o'tgan mavsumda «Manchester Yunayted» uchinchi o'rinni egallab, 2026/2027 yilgi Chempionlar Ligasi uchun yo'llanma oldi.