«Kristal Pelas» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Maxsans Lakrua Angliya Premer-ligasidagi boshqa klubga, Londondagi «Chelsi»ga o'tishga yaqin. Bu haqda Give me Sport Faberitsio Romano manbalariga tayanib xabar bermoqda.

««Chelsi»da hali ko'p ishlar bor. Kunning asosiy yangiligi - Lakruaning «Kristal Pelas»dan o'tishi. Menga xabar berishlaricha, bitim juda tez rivojlanmoqda», - dedi manba.

26 yoshli himoyachi «qarg'alar» safida 2024 yil avgustidan beri o'ynaydi. Lakrua va «Kristal Pelas» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyunigacha davom etadi. Transfermarkt portalining mutaxassislari Maxsansning bozor qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.