Londondagi «Arsenal» o'zining rasmiy saytida yangi futbolchisi haqida ma'lum qildi. Jamoaga «Brugge»dan Xristos Tsolis qo'shildi.
Tsolisning asosiy pozitsiyasi – chap qanot hujumchisi. Shuningdek, 24 yoshli grek o'ng qanotda va hujumning markazida ham o'ynay oladi. «Arsenal» odatdagidek, imzolangan shartnoma muddatini oshkor etmadi, lekin bu uzoq muddatli shartnoma ekanini ta'kidladi.
Xristos Tsolis «Arsenal»da 17-raqam ostida o'ynaydi.
Tsolis 2026/2027 yilgi mavsumdagi birinchi o'yinini 16-avgustda o'tkazadi. Ushbu kunda «Arsenal» «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogida o'ynaydi.




