Manchester Siti hujumchisi Rayan Sherki yaqinda og‘ir jarohatdan so‘ng maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oxirida to‘rt boshli son mushagida jarohat olgan fransiyalik futbolchi mashg‘ulotlarni tiklashga tayyorlanmoqda.

Yaqinda u MRT tekshiruvidan o‘tdi va natijalar mushaklarida muammo yo‘qligini ko‘rsatdi. Sherki 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi doirasidagi Monako jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tish joizki, 22 yoshli futbolchi bu yozda Lion klubidan Manchester Siti jamoasiga o‘tgan. Hozirgacha u Manchester Siti safida oltita o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Sherkining maydonga qaytishi jamoa uchun muhim yangilik hisoblanadi.