Ivoriyalik qanot o'yinchisi «RB Leypsig»dan Jan Diomande Angliya Premer-ligasining top-klubida ish topish imkoniyatiga ega. Bu haqda insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida ma'lum qilindi.

19 yoshli afrikalikni sotib olishda Londondagi «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» Diomandeni transfer qilish bo'yicha dastlabki so'rov yuborgan.

Avvalroq fransuz «PSJ»sining Diomande bilan qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko'ra, Diomandening bozor qiymati 90 million evro deb baholanmoqda. Uning «bulutlar» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha davom etadi.

O'tgan mavsumda Jan 36 o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va to'qqizta assist berdi.