«Chelsi» himoyachisi Aksel Disasini bu yozda sotishga tayyor.
The Sun ma'lumotlariga ko'ra, fransuz futbolchisini qo'lga kiritishga ko'plab klublar qiziqmoqda. Shuningdek, transfer uchun so'rovni «Milan» ham yuborgan. «Ko'klar» Disasini 25 million funt sterlingga qo'yishga tayyor.
Aksel Disasi 2023 yilda «Monako»dan «Chelsi»ga 45 million evro evaziga o'tgan. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida himoyachi «Vest Xem»da ijarada o'ynagan. U «molotoboychilar» safida barcha musobaqalarda 17 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Transfermarkt portalida Disasining narxi 15 million evro deb baholangan.




