«Tottenxem» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens yana bir bor yuqori darajadagi klublarning e'tiborini tortmoqda.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini qo'lga kiritish uchun «Manchester Yunayted» ham kurashga qo'shildi. «Qizil iblislar» o'yinchining transferi uchun yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin taklif berishga tayyor.
Jed Spens 2022 yilda «Midsbrou»dan «Tottenxem»ga 14 million evro evaziga o'tgan. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi London klubi uchun barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazdi va natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evro deb baholaydi.




