Yarim himoyachi Rodri «Manchester Siti»ni tark etishi va o'z vataniga, Ispaniyaga qaytishi mumkin. So'nggi soatlarda, kunlarda va haftalarda matbuotda Rodri «Real»ga o'tishi haqida ko'p gapirilmoqda. Shu bilan birga, El Nacional sahifalarida Rodri «Real»ga o'ta olmasa, 29 yoshli yarim himoyachi uchun alternativ variant sifatida «Barselona» bo'lishi mumkinligi haqida maqola e'lon qilingan.
Frenki de Yongning jarohati yarim himoyadagi vaziyatni o'zgartirdi va «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yuqori darajadagi yarim himoyachini qo'shib olishni endi istisno qilmayapti.
Biroq, manba hozircha «Barselona»ning Rodri tomon harakatlari haqida hech narsa yozmagan.




