Himoyachi Ilya Zabarny bu yozda «PSJ»dan ketishi mumkin.

talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar ukrainalikni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor. Futbolchining xizmatlari vositachilar orqali «Liverpul» va «Chelsi»ga taklif qilingan. Hozircha ingliz jamoalari Zabarnyga qiziqish bildirish-bilmasligi noma'lum.

Ilya Zabarny 2025 yilda «Bournemouth»dan «PSJ»ga 63 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi parij klubida barcha musobaqalarda 37 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Transfermarkt portalida ukrainalikning narxi 40 million evro deb baholanmoqda.