Himoyachi «Tottenxem» Pedro Porro Ispaniyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Fichajes ma'lumotlariga ko'ra, futbolchini sotib olishda «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Kataloniyalik klub o'yinchining transferi uchun 30 million evro taklif qilishga tayyor. Hozircha «shporlar» ispan futbolchisini qo'yib berishga tayyor yoki yo'qligi ma'lum emas.
Pedro Porro 2023 yilda «Sporting»dan «Tottenxem»ga 40 million evro evaziga o'tdi. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida himoyachi Londonda 47 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Transfermarkt portalida Porroning qiymati 35 million evro deb baholanmoqda.




