«Chelsi» vingeri Pederu Netu yozda klubni o'zgartirishi mumkin.
Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpool» portugaliyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. «Qizillar» bu forvardning o'yinlarini uzoq vaqtdan beri kuzatmoqda. Hozirda «Liverpool» rahbariyati ushbu transfer zarurligini muhokama qilmoqda.
Pederu Netu 2024 yilda «Chelsi»ga «Vulverxempton»dan 60 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda vinger «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 52 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 10 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Pederu Netuning narxi 60 million evro deb baholanmoqda.




