«Liverpool» vinger «Monako»dan Magnes Aklyushga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubining vakillari allaqachon «Monako»ga murojaat qilib, 24 yoshli Frantsiya terma jamoasi futbolchisini transfer qilish imkoniyatini o'rganishgan. Hozirda Aklyush «PSJ»ning asosiy maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. Parijliklar futbolchi uchun bir necha takliflar kiritishdi, ammo ularning barchasi, eng katta (40 million evro) taklif ham, rad etildi.
O'tgan mavsumda Aklyush 43 klub o'yinida 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. Futbolchi shuningdek, 2026-yilgi Jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan Frantsiya terma jamoasining tarkibida bo'lgan.




