Himoyachi «Everton» Jerred Brentuayt kelajakda «Chelsi»da o'ynashi mumkin.
Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub futbolchida dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanish potentsiali bor deb hisoblaydi. «Ko'klar» futbolchini transfer qilish uchun kerak bo'lsa, kelasi yozgacha kutishga tayyor. Bu haftada «Chelsi» «Everton» bilan birinchi muzokaralar bosqichini o'tkazish uchun bog'lanmoqchi.
Jerred Brentuayt 2020 yilda «Karlayl»dan «Everton»ga bir million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida himoyachi «irislar» safida barcha musobaqalarda o'n o'yin o'tkazib, bir gol urdi va bir assist berdi.




