«Manchester Yunayted» «PSJ»ning yarim himoyachisi Uorren Zair-Emariga qiziqish bildirmoqda. Top Mercato xabariga ko'ra, ingliz klubi parijliklarning muzokaralarga tayyorligini bilish uchun 60 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
20 yoshli fransuz «qizil iblislar» uchun markaziy maydonni kuchaytirish maqsadida ustuvor maqsadlardandir. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar o'zlarining eng istiqbolli futbolchilaridan birini qo'yib yuborishga niyat qilmayapti.
O'tgan mavsumda Zair-Emari barcha musobaqalarda 54 o'yin o'tkazdi, 3 gol urdi va 5 golli uzatma berdi. O'yinchining «PSJ» bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi.




