«Yuventus» 28 yoshli Jan-Filip Matetani Randal Kolo-Muani uchun muqobil sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
«Yuventus» va «PSJ» o'rtasidagi Muani transferi bo'yicha muzokaralar moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli to'xtab qoldi. O'z navbatida, Mateta «Kristal Pelas» bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi, chunki u yanada nufuzli klubga o'tishni umid qilmoqda.
«Yuventus»ning hujumchiga qiziqishi yangi emas. O'tgan qishda turinliklar futbolchi uchun 33 million evro taklif qilgan edi, ammo futbolchining tizzasidagi muammolar tufayli muzokaralar to'xtatildi.
O'tgan mavsumda Mateta «Kristal Pelas»ga Konferensiya ligasini yutishda yordam berdi, finalda g'alaba golini urdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.




