«Al-Xilal» bugun Krisensio Sammervill uchun tibbiy ko‘rik belgiladi, chunki «Vest Xem» bilan taxminan 65 million funtga kelishuvga erishildi.

Biroq «Roma» hali ham Sammervillning fikrini o‘zgartirishiga umid qilmoqda. Moliyaviy shartlar futbolchi va «Al-Xilal» o‘rtasida allaqachon kelishilgan, saudiyalik klub bugun kelishni tugatishni rejalashtirmoqda.

«Roma»ning oxirgi taklifi 40 million funtni tashkil etdi. «Vest Xem» allaqachon Sammervillga tibbiy ko‘rikka borishga ruxsat berdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Avvalroq, APLning grand klubi yarimhimoyachi bilan qiziqish bildirgandi. O‘tgan mavsumda gollandiyalik 34 o‘yinda 7 gol va 5 golli uzatmani qayd etdi.