«Manchester Siti» ijtimoiy tarmoqlarda hujumchi Erling Holand uchun maxsus post e'lon qildi. Seshanba kuni norvegiya futbolchisining 26 yoshga to'lgan kuni edi.
Erling Holand «Manchester Siti»da 2022 yil yozidan beri o'ynaydi, u «Borussiya»dan kelgan. Norvegiya futbolchisi «shahar» jamoasi safida 198 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 162 ta gol urdi va 30 ta golli pas berdi.
Muxtasar Transfermarkt portali Erling Holandning narxini 200 million evro deb baholamoqda. Norvegiya futbolchisi Lamine Yamal bilan birga dunyodagi eng qimmat futbolchi maqomiga ega.




