Jurnalist Jota Jordi ijtimoiy tarmoqlarda «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning tarixini bayon etdi. Fevral oyida argentinalik futbolchiga «Barselona»ga o'tish va'da qilingan va Alvares o'zini maksimal professional tarzda tutgan. Futbolchi hatto vaziyat talab qilganda in'ektsiyalar yordamida o'ynagan.

Biroq «Barselona» o'rniga «Atletiko» «Arsenal» va «PSJ» bilan muzokaralar olib borgan. «Kanonirlar» bilan «matraschilar» Alvaresning 50 million evroga transferi va Viktor D'yokereshning qarama-qarshi yo'nalishga o'tishi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Jurnalist Alvares tomonida bo'lib, «Atletiko» tomonidan futbolchiga kuchli bosim o'tkazilayotganini ta'kidlagan.