«Juventus» bu yozda yangi himoyachini qo'shib olishi mumkin.
Jurnalist Giovanni Albanese ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubidan Breme'r ketishi mumkin. Agar bu ro'y bersa, «Juventus» «Vest Xem»dan Jan-Kler Todibo transferini ko'rib chiqadi.
«Vest Xem» bu yozda Jan-Kler Todibonning huquqlarini «Nitsa»dan 40 million yevro evaziga sotib oldi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda fransuz «molotoboychilar» safida ijarada o'ynab, barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazdi va bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Todibonning qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.




