Londondagi «Arsenal» Gabriele Martinelli transferi bo'yicha talablarini qondirishga tayyor bo'lgan jamoalar hali topilmadi.

Vingerni qo'lga kiritmoqchi bo'lgan klublar «kanonirlar»ga uning narxini haddan tashqari yuqori va «haqiqatdan yiroq» deb hisoblashlarini bildirishdi, deb xabar bermoqda indykaila News. O'zining «Arsenal»dagi holatidan qoniqish hosil qilayotgan braziliyalik futbolchi ketishga shoshilmaydi, ammo aniq takliflar kelib tushsa, variantlarni ko'rib chiqishi mumkin.

Gabriele Martinellining qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 45 million evroga baholanmoqda. 25 yoshli futbolchining Londondagi ulkan klub bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarigacha davom etadi, lekin yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi.