Chap himoyachi «Nyukasl» Lyuiz Xoll Angliya Premyer Ligasi buyuk klublarining qiziqishini tortmoqda.
Holatni «Chelsi» kuzatishda davom etmoqda, ammo 21 yoshli futbolchi o'zining tanlovini «Manchester Yunayted»ga o'tish variantiga berayotganini TEAMtalk xabar qilmoqda. «Ko'klar» istiqbolli ingliz futbolchisini ishontirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Qiziqarli tomoni shundaki, Lyuiz Xoll – «Chelsi» tarbiyalanuvchisi bo'lib, klub tizimida 12 yil o'tkazgan. 2024 yilda «Sroklar» futbolchini londonliklardan 33 million yevro evaziga sotib oldi, hozirgi kunda esa Transfermarkt portaliga ko'ra, uning transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Xoll «Nyukasl» safida 46 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va ikki golli uzatma berdi.




