«Kristal Pelas» futbolchisi Ismaila Sarr «Manchester Yunayted»ni qiziqtirmoqda.
«Qizil iblislar» 28 yoshli qanot o'yinchisi bo'yicha so'rov yuborgan, deb xabar bermoqda Footmercato. Senegallik futbolchiga boshqa da'vogarlar ham bor, ammo u bolaligidan «MYU»ni qo'llab-quvvatlaydi va yaqinda mankunianlar safida o'ynashni orzu qilayotganini tan oldi.
Ismaila Sarrning qiymati Transfermarkt portali tomonidan 40 million evro deb baholangan. O'tgan mavsumda futbolchi «Kristal Pelas» uchun barcha musobaqalarda 45 uchrashuvda 21 gol urdi va ikki assist berdi. «Qushlar» yulduzining amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.




