Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqishni saqlab qolmoqda.

«Kanonirlar» argentinalik futbolchini «Barselona» bilan birga qo'lga kiritmoqchi, ammo «matraschilar» 26 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor emaslar.

«Arsenal» Morgan Rodjers o'rniga boshqa yuqori darajadagi futbolchini qo'lga kiritishi mumkin – klub haqiqatan ham bozorga bunday variantlarni izlamoqda.

Xulian Alvaresning holatini kuzatish kerak – bu Mikel Arteta uchun orzu transferi. «Atletiko» futbolchini saqlab qolish niyatida, ammo agar eng kichik imkoniyat paydo bo'lsa, «Arsenal» undan foydalanishga harakat qiladi», – deya ma'lum qildi insayder Devid Ornshteyn.

Alvaresning Transfermarkt saytidagi baholangan qiymati 100 million evro.