«Aston Villa»ning matbuot xizmati «Vulverxempton» yarim himoyachisi Joao Gomesning transferi haqida ma'lum qildi.
25 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan. OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 40 million evroni tashkil etadi. «Vulverxempton» yana besh million evro bonus sifatida olishi mumkin. Shunday qilib, ushbu transfer «Aston Villa» tarixidagi beshinchi eng qimmat transfer bo'lib qolmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Joao Gomes «Vulverxempton» safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yin o'tkazib, bir gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Shuningdek, yarim himoyachining Braziliya terma jamoasida o'nta o'yin o'tkazgani ham bor.




