«Napoli» «Chelsi» himoyachisi Benoa Badyashilga qiziqish bildirmoqda, ammo londondagi klub futbolchini ijaraga berish bo'yicha muzokara olib borishga tayyor emas. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, neapolitanlar Alessandro Buondjornoning tizzasidan jarohat olganidan so'ng, himoya markazini kuchaytirishni izlamoqda. Italiyalik himoyachi, agar operatsiya zarur bo'lsa, butun yozgi tayyorgarlikni o'tkazib yuborishi mumkin, tiklanish muddati esa uzayishi mumkin.

«Napoli» allaqachon «Chelsi»ga Badyashil haqida so'rov yuborgan, ammo rad javobini olgan. 25 yoshli fransuz ingliz klubining asosiy o'yinchilari qatoriga kirmasa-da, jamoa rahbariyati faqat to'liq transferga umid qilmoqda.

Buondjorno o'rnini egallash uchun boshqa nomzodlar sifatida «Yuventus» himoyachisi Federico Gatti va «Lechche» o'yinchisi Tiago Gabriel ko'rsatilmoqda.

«Napoli» Badyashilga qaytish imkoniyatini avgust oxirida, agar futbolchi o'sha vaqtda yangi klub topmasa, ko'rib chiqishi mumkin.