Tanilgan britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Angliya terma jamoasi va Birminghamning «Aston Villa» jamoasining yarim himoyachisi Morgan Rodjersning Londondagi «Chelsi»ga o'tishi haqidagi xabarga izoh berdi.

«Bu absurd narx. Bunday pulga men Xvichani yoki Vinisiusni sotib olgan bo'lardim», - deydi jurnalist ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Avvalroq britaniya matbuotida «pensionerlar» Rodjers uchun 117 million funt (~138 million evro) to'laydi, deb xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Angliya Premier ligasida 23 yoshli qanot o'yinchisi 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Morgan 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.