Yarim himoyachi «Aston Villa»dan Morgan Rodjers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat imzo bo'lishi kutilmoqda, bu esa Enzo Fernandesning transferidan o'zib o'tadi.

Oldinroq manbalar Rodjers «ko'k»larga 117 million funt sterlingga tushishi haqida xabar bergan, bu esa 137,5 million evroga teng. Fernandesning 2023 yilning qishida «Chelsi»ga o'tishi 121 million evroga tushgan edi. Tez orada ushbu transfer rekordini yangilanishi kutilmoqda.

«Chelsi»ning eng qimmat transferlari ro'yxatida uchinchi o'rinda «Brighton»dan Moyses Kaysedo (116 million evro) turadi. Keyin Romelu Lukaku (113 million) va Kai Haverts (100 million) keladi.

Shanba kuni kechqurun Fabrizio Romano Rodjersning  rasman   «ko'klar» futbolchisi bo'lishi kutilayotgan sanani ma'lum qildi.