Yarim himoyachi Chelsi Koul Palmer Ispaniyada karerasini davom ettirishi mumkin.
«Caught Offside» ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisini Barselona qo'lga kiritishga qiziqmoqda. Katalon klubi yozda futbolchini transfer qilish taklifini berish ustida o'ylamoqda.
Koul Palmer 2023 yilda Manchester Sitidan Chelsiga 47 million evro evaziga o'tdi. Uning Chelsi bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Londondagi klub uchun barcha musobaqalarda 34 o'yin o'tkazib, 11 gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Palmerning narxi 100 million evro deb baholanmoqda.




