«Tottenxem» «Manchester Siti»ning qanot o'yinchisi Savinyoga shartnoma imzolashga yaqinlashmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli o'yinchining transfer summasi 75 million evroni tashkil etadi. Bir oz oldin Savinyo yangi jamoaga o'tishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda chamadon suratini joylashtirib, «qiziqarli vaqt o'tkazishga ketayotganini» yozdi.
O'tgan mavsumda braziliyalik o'yinchi past natijadorlik ko'rsatdi, barcha klub musobaqalarida 36 o'yinda 4 gol urdi va 3 golli uzatma berdi. U sog'liq muammolari sababli o'nlab o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Shuni ta'kidlash kerakki, «Tottenxem» yozgi transferlarga allaqachon 230 million evro sarfladi.




