Braziliyalik qanot o'yinchisi «Manchester Siti»dan ketishni juda xohlaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishga qat'iy qaror qilgan, bu klub uni o'tgan qishda sotib olishni xohlagan. Biroq, «shaharchilar» Savioni teng qiymatdagi o'rinbosar topmaguncha qo'yishga tayyor emaslar.
O'tgan mavsumda 22 yoshli qanot o'yinchisi barcha musobaqalarda 36 marta maydonga tushib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
Savioning bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 35 million evroni tashkil etadi.




