Markaziy himoyachi Maksim Estev «RB Leyptsig» jamoasiga o'tdi. Tegishli ma'lumot nemis klubining rasmiy saytida e'lon qilindi.
24 yoshli futbolchi ingliz «Bornli» klubidan sotib olindi. Avvalroq taniqli insayder Fabrizio Romano transfer summasi 32 million evro bo'lishini ma'lum qilgandi. Fransuz «qizil buqalar» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
Angliyada Estev ikki yarim yil davomida o'ynadi. «Bornli» safida himoyachi barcha musobaqalarda 100 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. Bundan oldin futbolchi fransuz «Montpelye» jamoasida o'ynagan.




