«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Manchesterdan kelganlar bir necha futbolchilarni ko'zlamoqda.
Insayder Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil jodugarlar»ning diqqat markazida Karlos Augusto («Inter»), Lyuis Holl («Nyukasl») va Olivyer Skarls («Vest Xem») bor. «Manchester Yunayted» uchun ustuvor variant Hollni sotib olish hisoblanadi.
O'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida «qizil jodugarlar» 71 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi. Jamoa UEFA Chempionlar ligasining keyingi mavsumiga yo'l olgan.




