Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasining yarim himoyachisi Xugo Larsson Angliya Premer-ligasidagi klublarni qiziqtirmoqda.

Shved futbolchisi bilan «Manchester Yunayted» aloqaga chiqqan, shuningdek, 22 yoshli futbolchiga «Nyukasl» ham qiziqmoqda, deydi jurnalist Stiv Key. Biroq, hozircha futbolchi uchun rasmiy takliflar kelib tushmagan. «Ayntraxt» yarim himoyachini qo'yib yuborishga shoshilmayapti, uning shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Xugo Larssonning bozor qiymati, Transfermarkt baholashiga ko'ra, 28 million evro. O'tgan mavsumda skandinaviyalik futbolchi Frankfurt jamoasi safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.