Markaziy himoyachi «Tottenxem»dan Kristian Romero milanlik «Inter»ga o'tish g'oyasini ma'qullamoqda.

Argentina terma jamoasi futbolchisi yozda «shporlar»dan ketishni xohlaydi. «Nerazzurri» jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo Londondagi klubning talablarini qondirish oson bo'lmaydi. O'z navbatida, Romero, jurnalist Janluidji Longari ma'lumotlariga ko'ra, Seriya Aning yirik klubi safiga o'tishga tayyor, lekin himoya lideri sifatida rol o'ynashni kutmoqda.

Kristian Romero uchun raqobatchilar qatorida «Barselona» ham bor, ammo u muzokaralarga kirishdan oldin o'z himoyachilaridan birini sotishi kerak bo'ladi.