25 yoshli «Liverpool» yarim himoyachisi Dominik Soboslay klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma asosiy shartlarini kelishib oldi. Buni The Athletic xabar bermoqda.
Sport direktori Richard Xyuz va vengriyalik futbolchining vakillari o'rtasidagi muzokaralar bir necha oy davom etgan.
Soboslay 2023 yil yozida «RB Leypsig»dan «Liverpool»ga o'tdi. Bu vaqt ichida u jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi va klubga Angliya chempionatini yutishga yordam berdi.
O'tgan mavsumda vengriyalik 53 ta o'yin o'ynab, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmalar berdi. Soboslay avvalroq klubda uzoq muddat qolishni xohlayotganini bildirgan edi.
Yangi shartnoma imzolangandan so'ng, Soboslay klubning vitse-kapitanlik roliga asosiy nomzodlardan biriga aylanishi kutilmoqda.




