Stambulning «Galatasaray» fransuz yarim himoyachisi Lesli Ugochukvuning transferi haqida rasmiy e'lon qildi. 22 yoshli futbolchi yangi klubiga «Bornli»dan 3,5 million evro evaziga ijaraga o'tdi.
Ugochukvu – «Ren» tarbiyalanuvchisi. 2023 yilda u Londonning «Chelsi» klubiga 27 million evro evaziga o'tdi. 2024-2025 yillarda «Sautgempton»da ijarada o'ynadi. 2025 yilda «Chelsi»ni tark etib, doimiy asosda «Bornli»ning futbolchisiga aylandi.
«Galatasaray» o'tgan mavsum yana bir bor Turkiya chempioni bo'ldi va yangi mavsumda Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etadi. «Bornli» esa APLdan chiqib ketdi va yangi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.




