Yarim himoyachi «Maynts»dan Kaizu Sano Angliya Premier Ligasi kariyerasini davom ettirishi mumkin.
Bild ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini «Liverpool» qo'lga kiritishga qiziqmoqda. «Qizillar» o'yinchiga 60 million evro taklif qilishga tayyor. Sanoning narxi jahon chempionatidagi chiqishidan so'ng oshdi. Öylash joizki, «Maynts» o'z o'yinchisini qo'yib yuborishga tayyor bo'ladi.
Kaizu Sano 2024 yilda «Kashima Antlers»dan «Maynts»ga ikki yarim million evro evaziga o'tdi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 48 o'yin o'tkazib, 2 gol urdi va 5 assist berdi.




