Himoyachi «Tottenxem» Jed Spens bu yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Football365 ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini «Liverpul» sotib olishga qiziqmoqda. «Qizillar» o'yinchini transfer qilish taklifini berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Jed Spens 2022 yilda «Midsbrou»dan «Tottenxem»ga 14 million evro evaziga o'tdi. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi London klubida barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazdi, lekin natijali harakatlar bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 30 million evro deb baholanmoqda.




