«Chelsi» yaqin vaqt ichida hujumchi Mark Giu kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

Jurnalist Saymon Jonsonning ma'lumotlariga ko'ra, londondagi klub ispan futbolchisini ijaraga berish yoki sotish niyatida. Shu bilan birga, «ko'klar» yosh futbolchining talantini qadrlaydi va shuning uchun, agar Giu sotilsa, qayta sotib olish opsiyasini shartnomaga kiritmoqchi.

Mark Giu 2024 yilda «Chelsi»ga «Barselona»dan olti million evroga o'tdi. Uning londondagi klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yin o'tkazdi, ularda uchta gol urdi va ikki assist berdi. Transfermarkt portali Giu qiymatini 12 million evro deb baholamoqda.