Londonning «Arsenal» klubi shved forvardi Viktor D'yokereshni «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresga bo'lgan kelishuvga qo'shish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Ushbu ma'lumotni talkSPORT e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bu g'oya klublar o'rtasida dastlabki muzokaralar davomida muhokama qilingan. «Matraschilar» D'yokereshni juda yoqtirishgani aytilmoqda, lekin «Arsenal» uni qo'yib berishga tayyorligini hali hal qilmagan.

«Kanonirlar» D'yokereshni o'tgan yozda «Sporting»ga 67 million evro to'lab sotib olishgan. U jamoa safida barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va uchta assist berdi.

Alvaresning o'tgan mavsumda 49 ta maydonga tushishi, 20 ta gol urishi va to'qqizta golli uzatmasi bor.