«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Martin Kioun «Chelsi»da o'ynayotgan yarim himoyachi Enzo Fernandesning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Real» allaqachon uni transfer qilishni xohlamasligini ma'lum qildi. U yana bir yil «Chelsi»ga qaytish va Xabi Alonsoga qandaydir maxsus ish qilish imkoniyatini ko'rishni xohlaydi. Agar men uning o'rnida bo'lsam, aynan shuni qilardim», - dedi Kioun talkSPORT intervyusida.

Enzo Fernandes 2023 yilda «Chelsi»ga «Benfika»dan 121 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida argentinalik futbolchi Londondagi klubda barcha musobaqalarda 54 o'yin o'tkazib, 15 gol urdi va yetti golli uzatma berdi.