Fransuz hujumchisi Jan-Filip Mateta «Kristal Pelas»dan shartnomani uzaytirish taklifini oldi. Ushbu ma'lumotni jurnalist Nikolo Skira e'lon qildi.

Agar manbaga ishonilsa, «qushlar» 29 yoshli hujumchining mehnat shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirmoqchi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyunida tugaydi.

Oldinroq, Matetaga «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Milan» va boshqa klublardan qiziqish bildirganligi haqida xabar berilgan edi.

Hujumchi 2021 yildan buyon «Kristal Pelas»da o'ynaydi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.