«Xall Siti» 30 million yevro to‘lashga tayyor edi, ammo «Braga»dan Lukas Gornichekning transferi amalga oshmadi.
Record ma'lumotlariga ko‘ra, APLga qaytgan klub 24 yoshli darvozabon bilan bir necha hafta davomida muzokaralar olib borgan va natijada uning shartnomasida belgilangan tovon pullari miqdoriga yetgan.
Shunga qaramay, tomonlar kelishuvga erisha olishmadi. Gornichek taklif qilingan sport loyihasidan qoniqmagan, «Braga» esa to‘lovlar tuzilmasidan noroziligini bildirdi. Angliya klubi 30 million yevroni bir necha to‘lovda berishga tayyor edi, portugallar esa yoki bir marta to‘lov, yoki qisqa muddatli to‘lov sxemasini afzal ko‘rishdi.
O‘tgan mavsumda Gornichek 55 ta o‘yinda (24 ta o‘yinda gol o‘tkazmagan) qatnashdi va 51 gol o‘tkazib yuborib, «Braga» bilan Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi.




