Yarim himoyachi «Kristal Pelas» Aadam Uorton Ispaniyada karerasini davom ettirishi mumkin.
Fichajes ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisini Madridning «Atletiko» jamoasi sotib olishga qiziqmoqda. «Matrasniklar» futbolchini 90 million yevro evaziga transfer qilish taklifini tayyorlamoqda.
Aadam Uorton 2024 yilda «Kristal Pelas»ga «Blakburn»dan 21 million yevro evaziga o'tdi. Uning «qushlar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda klub darajasida 53 o'yin o'tkazdi, 1 gol urdi va 7 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Uortonning narxini 70 million yevro deb baholamoqda.




