Hujumchi «Chelsi» Alejandro Garnaco karerasini Seriya A'da davom ettirishi mumkin.

MatchDay Central ma'lumotlariga ko'ra, argentinani «Roma» qiziqtirgan. Rim klubi hujumchini ijaraga olish bo'yicha rasmiy taklif yuborgan. «Bo'rilar» Garnaconi kelasi mavsumda 4,27 million funt sterlingga ijaraga olishni rejalashtirmoqda, 2027 yil yozida esa 29,86 million funt sterlingga sotib olish imkoniyati mavjud.

Alejandro Garnaco 2025 yilda «Chelsi»ga «Manchester Yunayted»dan 46 million yevro evaziga o'tgan. Uning «ko'klar» bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida hujumchi London klubida barcha musobaqalarda 43 o'yin o'ynab, sakkiz gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.