Mashhur jurnalist David Ornshteyn «Manchester Yunayted»ning «Lille»dan Ayub Buaddi transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Manchester Yunayted» Ayub Buaddini xursandchilik bilan olib olishni xohlaydi, lekin uning uchun belgilangan yuqori narx va boshqa transfer maqsadlari hozirda bu kelishuvni amalga oshirishni qiyinlashtiradi», - dedi Ornshteyn The Athletic podkastida.
Ayub Buaddining «Lille» bilan shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda marokashlik futbolchi fransuz klubi uchun barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, yarim himoyachining qiymati 50 million evro deb baholanmoqda.




